Tomorqa koni foyda

Date:

Bugun ishning ko‘zini bilgan fuqarolar tomorqasidagi har qarich yeridan ham unumli foydalanib, foydali mehnat bilan band bo‘lish bilan birga mo‘may daromad ham orttirishayotir. Inson o‘zini band qilib, foyda ko‘rishi yaxshi, ammo tajribasini o‘rtoqlashib, o‘zgalarning-da hayotda, jamiyatda o‘rnini topishiga ko‘mak va yordam ko‘rsatishi ezgu ish va katta savob hamdir. Uzun tumanidagi “Obizarang” mahallasida yashovchi Saidali Boyev tomorqasidan unumli foydalanib kelayotganlardan. Kuni kecha uning xonadonida Fermerlar kengashi xodimlari tomonidan o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda limonchilik va pomidor yetishtirishdagi agrotexnik talablar tushuntirib o‘tildi. Xonadon sohibi 4 sotix yerida issiqxona tashkil etib, limon va pomidor yetishtirib kelmoqda.
Yerga mehr berib, ekin ekish, qarovini vaqtida qilib, mehnat qilish yomonmi? Axir yerni siylasangiz, yer ham sizni siylaydi. Yetmaganiga bir yilda bir necha bor hosil olishning imkoni borligi, siz-u bizni yil davomida band etib, cho‘ntagimizni ham quruq qoldirmaydi. O‘tgan vaqtingizga achinmaysiz. Qolaversa, oila boshilarining mehnatdan bo‘shamayotganini ko‘rgan yoshlar ham mehnatsevarlik, bunyodkorlik ruhida tarbiya topadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun