POMIDORNING ShTАMBSIMON NАVLARI YARATILDI

Date:

Dunyoda iqlimning keskin o‘zgarib borayotganligi hisobiga yoz oylarida havo haroratining ortib borishi, nisbiy namlikning pasayib ketishi kuzatilmoqda. Oqibatda esa kasallik va zararkunandalarning keng tarqalib borayotganligi sababli pomidorning biotik va abiotik stress faktorlarga chidamli yangi nav va duragaylarini yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shtambsimon nav duragaylarni yaratish va ishlab chiqarishni joriy qilish bu muammolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda pomidorning shtambsimon navlarini yaratish bo‘yicha M.X.Аramov (1994), J.N.Nadjiev (2018), N.J.Nurmatov (2020) va boshqalar tomonlaridan tadqiqotlar olib borilgan va ana shunday navlar yaratilgan. Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stantsiyasida 2019-2022-yillarda pomidorning shtambsimon nav namunlari selektsiyasi uchun boshlang‘ich material yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borildi. Buning uchun sinov tariqasida xorijdan keltirilgan va mamlakatimizda yaratilgan 18 ta shtambsimon nav namunalari olindi.
Dala tajribalari ikki muddatda olib borilib, birinchi muddatda urug‘lar 10-15-yanvarda issiqxonaga sepilib, ko‘chatlar plyonkali qoplamalar ostiga 15-20-martda ko‘chirib o‘tqazildi. Ikkinchi muddatda urug‘lar 10-12-fevralda sepilib, ko‘chatlar 10-15-aprelda ochiq dalaga o‘tqazildi. Tadqiqotlar bir nechta uslublar va uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib borilib, olingan natijalarni statistik baholash dispersion usuli bo‘yicha kompyuter dasturida bajarildi.
Shtambsimon nav namunalarida turli muddatlarda muhim morfo-biologik belgilarning namoyon bo‘lishi o‘rganilganda, eng qisqa o‘suv davri, yaʼni «unib chiqish – mevalarning pishishi» davrining qisqaligi (93-97 kun) Аrgo, Perst, Chelnok, Revansh, Otradniy, Severyanka navlarida kuzatildi va ular ertapishar navlar guruhiga kiritildi. O‘suv davrining qisqa bo‘lishi ushbu navlarda asosan ikkinchi davrning, yaʼni «gullash-mevalarning pishishi» davrining qisqarishi hisobiga amalga oshganligi aniqlandi.
Surxon 142, Volgogradskiy 5/95, Do‘stlik, Utenok, Marjona, Taramata, Bahodir, Sug‘diyona, L–31 navlarida amal davrining uzunligi birinchi muddatda 113-123 kunni va ikkinchi muddatda 104-113 kunni tashkil etdi. Bu navlar o‘rta va kechpishar navlar guruhiga kiritildi.
Boshlang‘ich materialda o‘simlik bo‘yi, meva vazni, shakli, rangi, o‘simlik gabitusi, barglanishi kabi belgilar tavsifi ham katta ahamiyatga ega. Ushbu ko‘rsatkichlar chatishtirishda morfo-biologik jihatdan yaqin ota-onalik formalarini tanlashni yengillashtiradi. Shunday qilib, o‘simlik bo‘yining uzunligi turlicha bo‘lgan nav namunalari mavjud bo‘lib, ular shtambsimon navlar seleksiyasida qimmatli boshlang‘ich manba bo‘lib xizmat qiladi. Taʼkidlash kerakki, Perst, Chelnok, Taramata, Revansh, Sug‘diyona, Marjona navlarida mevalar juda zich va transportbop hamda ular ushbu juda muhim belgi bo‘yicha seleksiya ishlarini olib borish uchun boshlang‘ich manba sifatida xizmat qilishi mumkin.

Jurabek Turakulov,
q.x.f.f.d. SPE va KITI Surxondaryo ilmiy tajriba stantsiyasi
Sherdanaqul Xolboyev,
Olimjon Mamadaliyev,
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

Surxondaryo viloyati Аgroxizmatlar markazi bo‘limi boshliqlari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha...

Yangi imkoniyatlar…

Surxondaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati jamiyat hayotining deyarli...

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistonda

Yurtimiz Mustaqilligining 33 yillik shodiyonalari hali tugagagni yo‘q. xalqimiz...

«Qo‘mondonlik kubogi» musobaqasida

Sport birdamlikka, sport jismoniy chiniqish-u muvaffaqiyatga boshlaydi. Yoshlarimizni sportga...
KunTun
KunTun