Xayrondaralik o‘g‘il-qizlar o‘gaymi?

Date:

Ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan e’tibor bugungi kunda har qachongidan-da yuqori. Zamonaviy qiyofa kasb etgan maktablarda barcha shart-sharoitlar muhayyo. Malakali va o‘z ishining ustalari bo‘lmish pedagoglar jalb etilgan bo‘lib, uzluksiz ta’lim berish bilan mashg‘ul. Nima bo‘lganda ham maqsad bitta — o‘qituvchi bergan ta’lim-tarbiyani oqlagan holda har bir o‘quvchi oliygohga o‘qishga kira olishi uchun yetarli bilimni to‘plashi kerak. Ana shundagina o‘qituvchining yuzi yorug‘ bo‘lib, davlat tomonidan bildirilgan ishonchni oqlagan bo‘ladi. Mana bugun ta’lim tizimiga e’tibor qay jihatlarga qaratilgan.
Ammo, Oltinsoy tumanidagi “Xayrondara” mahallasidagi maktab vazifasini o‘tagan sobiq ittifoq davridagi sovhoz idorasi qarovsiz ahvolda. Bu holatni ko‘rib, xayrondaralik o‘g‘il-qizlar o‘gaymi, nega ularga bu taqlid e’tiborsizlik qilinayotir deb o‘ylashingiz aniq. Albatta, bu fikrda jon bor. Maktab deganlari shu ahvolda bo‘lsa, ta’lim-tarbiyasi haqida gapirmasak ham bo‘lsa kerak. Umuman olgan “Xayrondara” mahallasining o‘zi ham o‘zgarish-u rivojlanish nasimidan orqada qolib, uzoq yillardan beri e’tibordan chetda bo‘lib kelmoqda edi.
Bu holat yaxshiyamki, tumanma-tuman har bir sohada o‘zgarish va yangilanishlarni boshlab, xalqni eshitish uchun yuradigan Surxondaryo viloyati hokimining e’tiboriga tushdi. Hokim tashabbusi bilan nafaqat mahalla obod maskanga aylanadigan, balki, mahalladagi o‘sha 62-sonli umumta’lim maktabi ham zamonaviy qiyofa kasb etadigan bo‘ldi. Maktab o‘quvchilar esa yangi o‘quv yilini barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy bilim dargohida boshlashlari yosh-u keksani birdek quvontirayotir.
Hozirda esa 240 o‘rinli 3 qavatdan iborat bilim maskanining qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. “Boysuntrans qurilish loyiha” MChJ quruvchilari 2 milliard 869 million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yangi maktab binosini bunyod etmoqdalar. Hozirda 29 nafar quruvchi ishlarni sifatli bajarish harakatida. Аvgust oyigacha bino to‘liq qurilib, foydalanishga topshiriladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun