Oromgohlar qabulga shay

Date:

Bugun birinchi iyun — yoz oyining ilk kuni. Demak, bolalar intiqlik bilan kutgan yozgi ta’til ham boshlandi. Bugundan boshlab esa Surxondaryo viloyatidagi tanlab olingan maktablar qoshida tashkil etilgan bolalarni yozgi dam oldirish mavsumida kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyatiga ham start berildi. Va barcha oromgohlar bolalarni qabul qilishga shay.
Ana shunday kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchasi Qumqo‘rg‘on tumanidagi 27-sonli maktab qoshida ham tashkil etilgan. Maktabga ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun kelgan har bir o‘quvchi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, to‘garak xonalari kerakli jihozlar bilan jihozlangan. Ovqatlanish va dam olish joylari ham risoladagidek. Xullas, bolalarning sog‘lomlashtirish maydonchasiga kunlik kelib-ketishi, dam olishi va mashg‘ulotlarni o‘tashlarini sifatli tashkil etish choralari ko‘rilgan. Mas’ullar esa bolalarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xizmat ko‘rsatishga, mashg‘ulotlar olib borishga shay.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun