Xotira kechasida…

Date:

Boysunning tanti farzandi Fathulla Namozov haqida gap ketganda ko‘pchiligingiz bu insonni tanimasligingiz mumkin. Ammo, Jek London, Jorj Simenon, Agata Kristi, Paulo Koelo, Jeyms Cheyz, Mario Pyuzo, Vasiliy Shukshin va yana ko‘plab xorij adiblarini yaxshi taniysiz va hatto, ularning ko‘plab asarlarini sevib o‘qigansiz ham. Fathulla Namozov esa ana shu adiblarning asarlarini mohirlik va mahorat ila tarjima qilib, siz-u bizga, keng ommaga yetkazib bergan tarjimondir. Xususan, Deyl Karnegi to‘plami ham ilk bor F.Namozov tarjimonligida to‘liq holda nashr etildi va hozirgacha qo‘lma-qo‘l sotilayotir.

Afsuski, kamtar va samimiy inson, yuksak aql-zakovat egasi bo‘lgan tarjimon hozir oramizda yo‘q. Ammo, bu insonning xizmatlari, xotirasi xalq qalbida. Kuni kecha ana shunday ajoyib inson, tajribali pedagog Fathulla Namozov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda respublika va viloyatda taniqli ijodkorlar, yozuvchi va shoirlar, ustoz-u shogirdlar, marhum ustozning hamkasblari, farzandlari hamda nabiralari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar o‘zlarining dil qatidagi fikrlarini, hurmat-ehtirom va lutflarini bayon etdilar. O‘zgalarga yaxshilik istab, atrofdagilardan ko‘magini ayamagan, o‘z ishida mohir, muomalada shirinso‘z domlaning go‘zal fazilatlari, u kishi haqidagi yorqin xotiralari bilan bo‘lishib, ezgu ishlarini e’tirof etishdi.
Xotira kechasida “Fathulla Namozov haqida xotiralar” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun