Oliy ma’lumotli tarbiyachi oyligi oʻqituvchilar oyligiga tenglashtiriladi

Date:

Shu paytga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’lumotidan qat’iy nazar tarbiyachi uchun belgilangan ish haqi to‘lab kelingan. To‘g‘ri-da, mehnati bir bo‘lganidan keyin, unga to‘lanadigan haq ham bir xil bo‘ladi deyishingiz mumkin. Ammo, yana bir tomoni borki, o‘rta va oliy ma’lumotli tarbiyachilar tarbiyalayotgan bolalarning tarbiyasida, bilimlarni o‘zlashtirishi, faolligida ham tubdan farq seziladi. Oliy ma’lumotli tarbiyachi, albatta, bola psixologiyasidan kelib chiqib, o‘ziga xos metod va dasturlardan foydalanadi. Bola tilini, ruhiyatini anglagan holda ular bilan ishlaydi. O‘rta ma’lumotli tarbiyachilarning-da, tajribasi bu kabi jihatlarni to‘ldirishga yetar, ammo besh barmoq barobar emas.
Mana shunday holatlarda oliy ma’lumotli kadrlar mehnatini munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi. Farmonga koʻra, 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.
Qolaversa, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab maktablarning 1–4-sinflarida oʻquvchilarga boshlangʻich, 5–9-sinflarida tayanch hamda 10–11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos oʻquv dasturlari va oʻquv-metodik majmualar joriy etiladi. Boshlangʻich sinflarda informatika, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlik darslari oʻtiladi. Barcha fanlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi.
2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi. Farmonda keltirib o‘tilgan jihatlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun