G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

Date:

Matematika qiziqarli fan. Arifmetik amallarni bajarganingiz sari zavqingiz oshib, mashg‘ulotlarga qanday sho‘ng‘ib ketganingizni bilmay qolasiz. Ushbu fanni intiqlik bilan kutadiganlar qancha. Afsuski, tushunmaydigan yoki tushunishni istamaydiganlar ham bor. Ammo, Termiz tumanidagi 35-umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Toshkent shahridagi Adju universiteti hamkorligida Surхondaryo viloyatidagi 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazilgan olimpiadada fanga qiziqadigan, matematik bilimlardan xabardor yoshlar ishtirok etdi.
Eng qizig‘i shundaki, olimpiadaning talablari biroz boshqacha bo‘ldi. O‘quvchilar nafaqat matematikani bilishlari, balki ingliz tilidan ham xabardor bo‘lishlari lozim edi. Sababi olimpiada ingliz tilida o‘tkazildi. Shartlar va talablar, tartib-qoidalar tushuntirilgach, mashg‘ulotlarga start berildi. Ishtirokchi o‘quvchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib, berilgan topshiriqlarni bajarishga kirishib ketdilar. Tanlov nazoratchilar tomonidan kuzatib borildi va adolatli, shaffof tarzda o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi binosida esa mazkur olimpiadaning g‘oliblari munosib taqdirlandi. Termiz shahridagi 13-maktab o‘quvchi B.Oydinovning bilimlari ustun kelib, birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun