SHO‘RCHIDA YANGI ISH O‘RINLARI KO‘PAYADI

Date:

Jamiyatda ishbilarmonlik muhiti shakllanar ekan, iqtisodiy o‘sish kuzatiladi, yangidan-yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishsizlik bilan bir qatorda ko‘plab illatlarning-da oldi olinishi hech gap emas. Shunday ekan, oldimizga qo‘yilgan eng muhim masalalardan biri aholini munosib qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Ana shunday imkoniyatlardan foydalangan holda Sho‘rchi tumanidagi “Shurchi city hotel” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qiymati 5000 million so‘m bo‘lgan  tantanalar saroyini tashkil etish loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaning ishga tushishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rniga ehtiyoj seziladi.

     Tumanda boshlangan ezgu tashabbuslar bu bilan kifoyalanmadi. Balki, qiymati 3000 million so‘m bo‘lgan xususiy klinika tashkil etish harakatlari boshlab yuborildi. Kelgusida “Mega-Stroy-Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan boshlangan loyiha ishga tushsa, 20 nafar ishsiz ish bilan ta’minlanadi. Ayniqsa, kasanachilik markazining ish boshlashi esa tumandagi eng katta qadam deyish mumkin. Mazkur loyiha amalga oshirilsa, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun