Ehtiyot bo‘ling, multfilm…

Date:

Multfilmlar haqida ho‘p va ko‘p to‘xtalganmiz. Albatta, ularning bola tarbiyasiga ta’siri katta. Multfilmlar bola dunyoqarashini kengaytirishga, fikrlashga, yaxshilik va yomonlikni ajratishga o‘rgatadi. Muhimi multfilm asosida qurilgan g‘oyalardir. Bu g‘oyalar esa muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo, hamma multfilmlarni-da bunday deb bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lganida edi, xitoylik to‘rt yoshli bola ochiq soyabon bilan 26-qavatdan sakramagan bo‘lardi. Qanday dersiz, ammo bolakay “Tom va Jerri” multfilmidagi sahnadan ilhomlangan. U o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘sha sahnani takrorlashga qaror qilgan. Bu vaqtda u uyda yolg‘iz bo‘lgan. Ota-onasi ishda, unga qarayotgan buvisi esa singlisini olib kelish uchun uydan chiqqan edi.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolada sinish jarohatlari ko‘pligini, biroq uning hayoti xavf ostida emasligini aytishdi. Bunday mo‘jizaga oddiygina izoh berilgan: bolaning vazni juda kichik, u avval daraxtga urilib, yerga yumshoqroq yiqilgan. Bu voqea har birimiz uchun saboq bo‘lishi lozim. Demak, sergakroq bo‘lmog‘imiz, multfilmlarning bu kabi xavfidan farzandlarimizni asrashimiz lozim. Qanday multfilmlarni tomosha qilyapti va buning ta’siri haqida o‘ylab ko‘rsak, undagi voqealar oqibati haqida tushuntirsak, yuqoridagi voqealar biz bilan sodir bo‘lmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun