Tojikistondan 100 ming nafar turist…

Date:

Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun zarur shart-sharoit va xizmat turlarini yaratishning o‘zi bilan ish bitmaydi. Yurtimizning, ayniqsa, janubiy vohaning turistik salohiyatini namoyon etish ishlarini boshlash, tag‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, tashabbusni kuchaytirish, yangidan-yangi g‘oyalarni ishlab chiqish lozim. Ana shundagina turistlar oqimini jalb qilish, turistik salohiyatimizni to‘la namoyon eta olishimiz mumkin.
MDH davlatlaridan kamida 1 million sayyohni jalb etish maqsadida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida bo‘lishdi. Viloyatdan tashrif buyurgan delegatsiya Tojikiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasida bo‘lib, sayyohlik sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, “Termiziylar yurtiga sayohat” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatiga 100 ming nafar tojikistonlik turistlarning sayohatini tashkil etish bo‘yicha kelishuv shartnomalarini imzolashdi.
Ishonchimiz komil, vohamizga mehmon bo‘lajak turistlar o‘tkazgan vaqtiga sira achinishmaydi. Qadimiy shahrimizni, qadimiy qadamjo va ziyoratgohlarimizni sayr-u sayohat qilib, olam-olam taassurot olishadi, yangi bir olamni kashf etgandek bo‘lishadi. Bu esa Surxondaryo viloyatiga kelib, sayohat qiluvchilarning sonini ortishiga xizmat qilsa, ajab emas.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun