San’at bilan ta’sir o‘tkazib…

Date:

Orol muammosi faqat O‘zbekistonni emas, butun dunyoning, insoniyatning muammosiga aylandi. Orol fojiasi oddiy xalqdan tortib, davlatlar rahbarlarini-da tashvishlantirdi. Shoir Orol dengizining holatini ko‘rib, o‘z og‘riqlarini qog‘ozga bitib, she’r yaratgan bo‘lsa, rassom tasvirida ham ayni shu manzara ko‘chdi.
Barcha harakatlar negizida Orolni asrash, qutqarish yotadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar ham ana shu maqsadga xizmat qilayotir. Ammo, xalq orasida bu borada yetarlicha tushuncha shakllanmas ekan, barcha harakatlar befoyda ketishi aniq.
Termiz arxeologiya muzeyida O‘zbekiston zamonaviy san‘ati muzeyining Aral Dream nomli ko‘rgazmasining ochilgani esa ana shunday maqsadga xizmat qilsa, ajab emas. Ha, muammoga san’at ila yechim topish, xalqqa san’at kuchi bilan ta’sir o‘tkaza olish yaxshi natija beradi. Ushbu ko‘rgazmada respublikamizning taniqli rassomlarining asarlari namoyish etildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurib, namoyishga qo‘yilgan suratlarni tomosha qila turib, muammo mohiyatini, rassomning nima demoqchi ekanini yaqqol tushunib oladi. Tasvirdan ta’sirlanib, nigohini uza olmay qoladi. Jarayonni kuzatib mana shunday holatga guvoh bo‘lish mumkin.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun