Surxondaryoda 861 ta saylov uchastkasi tashkil etildi

Date:

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Okrug komissiyasi raisi A.Xo‘jaqulov boshqargan yig‘ilishda joriy yilning 9 iyul kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va komissiya a’zolarining vazifalari muhokama etildi. Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahrida okrug komissiyalari rais, o‘rinbosar va kotiblari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminari mazmun-mohiyati xususida fikr almashdi. Okrug hududida muddatidan ilgari saylov o‘tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish masalasi ko‘rib chiqildi.
Saylov kodeksining 10-moddasiga ko‘ra, saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuman, shahar, shaharlardagi tumanlarning chegaralari inobatga olingan holda, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalari tuziladi.
Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar va harbiy qismlar taqdimnomasiga asosan okrug hududida 861 ta saylov uchastkasi tuzildi.
– Milliy qonunchiligimizda saylov uchastkalarini tuzish tartibi aniq belgilab qo‘yilgan, – deydi muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi kotibi Z.Alimardonova. – Shunga ko‘ra, okrug komissiyasiga taqdim etilgan taqdimnomalar asosida viloyatda 861 ta saylov uchastkasi tuzishga qaror qilindi. Okrug hududidagi saylov uchastkalarini tuzishda saylovchilarga qulaylik yaratishga alohida eьtibor qaratilib, eng zamonaviy ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport muassasalari, davlatga qarashli korxona, tashkilotlar, tadbirkorlik subьektlari binolarida tashkil etildi. Uchastkalar ro‘yxati mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Yig‘ilishda okrug saylov komissiyasining ish rejasi tasdiqlanib, komissiya a’zolarining vazifalari taqsimlandi. Okrug komissiyasi huzurida matbuot markazini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Komissiya a’zolariga guvohnomalar topshirildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysunda piknik zonalar bor…

Bahor go‘zal fasl. Yon-atrofning ajib ko‘rinish kasb etishi kishini...

29 nafar ishsiz ishli bo‘ldi

Ishsizlarni “qayerda ish bor-u ishlasam bo‘lar ekan”, degan savol...

“O‘zimiz keldik”

Mualliflik huquqi haqida bilasizmi? Bunday huquqlarimiz qonunchilik yo‘li bilan...

Ekologik normalarga rioya qilinmasa…

Ekologiyani asrash borasida bong urayotgan bir paytda ba’zi ishbilarmon...
KunTun
KunTun