Oromgoh mavsumga hozirlanmoqda

Date:

Yoz yaqin. Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari chalinib, o‘quvchi-yoshlar orziqib kutgan yozgi ta’tilga ham chiqishayotir. Ular allaqachon ta’tilni qaysi oromgohga o‘tkazishlarini rejalashtirib qo‘ygan bo‘lsalar, ajab emas. Yoshlarning ana shunday sevimli maskanlaridan biri Uzun tumanining so‘lim go‘shasida joylashgan “X. Qulniyozov” nomli yozgi oromgohdir. O‘tgan mavsumda bu yerga dam olib ketgan bolalar oromgoh haqida juda yaxshi biladilar. Ortiqcha ta’rifga esa hojat yo‘q. Ushbu oromgoh bu mavsum ham ko‘plab bolajonlar uchun o‘z bag‘rini ochishga hozirlanmoqda.


Aytish lozimki, oromgohda o‘quvchilarning maroqli dam olishi, jismoniy chiniqib sog‘lig‘ini mustahkamlashi uchun zarur sharoitlar yaratilayotir. Dam olish xonasi deysizmi, ovqatlanish, yuvinish xonalarimi, barida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Sport maydonchasi esa zarur jihozlar va maishiy texnika vositalari bilan ta’minlanadi. Ta’tilda ham mutolaaga oshno tutinishni istaganlar uchun oromgohda imkoniyat muhayyo. Mo‘jazgina kutubxona bolalar uchun mo‘ljallangan yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitiladi.
Xullas, oromgohda bolajonlar miriqib xordiq chiqarishlari mumkin. Tayyorgarlik jarayonlariga qiziqqan tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tumandagi “X. Qulniyozov” nomli oromgohda bo‘lib, mavsum uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kam ta’minlangan, imkoniyati cheklangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandini mavsumda oromgohlarga jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.


Bolalarning oromgohgacha yetib kelib, mazmunli dam olishlari uchun boshqa choralar ham ko‘rildi. Ya’ni, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, ya’ni sel va toshqinlarning oldini olish maqsadida tuman hokimi boshchiligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman oromgohiga olib boruvchi yo‘lni selda himoyalash hamda tozalash ishlari amalga oshirildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Homiylik asosida uy-joy qurib berilmoqda

To‘rt muchangiz sog‘ bo‘lsa, ishlab, harakat qilib, yaxshi niyat...

Kimlarga bug‘doy “ilin”di

Yerning “yuragini sug‘urib” oladigan dehqon ham, agrotexnik tadbirlardan samarali...

Samarqand-u Buxorodan Xorazmgacha…

Sayr-u sayohat ko‘ngildagidek xordiq bilan birga yangidan-yangi bilimlarni, kelajak...

Talabalar turar joyi qurilmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz shahrida filiali ochilishi Surxondaryo viloyatida...
KunTun
KunTun