TerDU vakillari Ozarbayjonda

Date:

Termiz davlat universitetining bir guruh olim va o‘qituvchilari Ozarbayjonga safari davomida AMEA bilimlar akademiyasi, adabiyot instituti va tilshunoslik institutida bo‘lishdi. Oliy ta’lim tizimida ikki tomonlama kelishuvlarga erishish maqsad qilingan tashrifning ilk kunida mehmonlar mezbon yurtning oliygohlari, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv konferensiyaga ulandi va konferensiya davomida Ozarbayjon-O‘zbekiston ada oqalari, Nizomiyshunoslik, matbuot tarixi va publitsistikasi, ilk realizm va zamonaviy ozarbayjon adabiyoti va boshqa mavzularda so‘z yuritildi.


Termiz davlat universiteti vakillari adabiyot instituti ijrochi direktori Mehmon Hasanli, akademik kotib Aygun Bag‘irli va kafedra mudiri Almaz Ulvi bilan uchrashib, ilmiy-adabiy suhbatlar o‘tkazdi.
Shuningdek, universitetimiz o‘qituvchilari tashrif doirasida Boku davlat universiteti filologiya fakultetining 2-3-kurs talabalariga “Yangi davr o‘zbek va Ozarbayjon adabiyoti”, “Jadid adabiyoti”, “O‘zbek adabiyoti tarixi”, “O‘zbek folklori”, “Jahon va Turkiy xalqlar adabiyoti” fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tib, o‘z tajriba va salohiyatlarini ko‘rsatdilar.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun