Kubokka munosib…

Date:

Sport nafaqat tanani chiniqtiradi, sog‘lom hayot tarziga odatlantiradi, balki o‘zni himoya qilishga kuch va imkon ham beradi. Yaxshi bilamizki, sport turini kimdandir o‘ch olish yoki g‘araz niyatda o‘rganish qattiq qoralanadi. Sport ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lishga, tafakkur qilishga o‘rgatadi. Yurtimizda esa hech bir yosh shunchaki ermak uchun sportga oshno bo‘lmaydi. O‘z oldiga buyuk maqsadlarni qo‘yib, shu yo‘lda harakat qilishadi. Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida karate do shotokan bo‘yicha o‘tkazilgan Markaziy Osiyo ochiq kubogida ham ana shunday mahoratli sportchilarimiz ishtirok etdi.
Kubok uchun kurashmoq, or uchun, vatan sha’ni uchun kurashmoq demakdir. Shu maqsadda maydonga tushgan karatechilar bor kuch va mahoratlarini namoyish etdilar. Kurashuv murosasiz o‘tdi. Tomoshabinlarning e’tiborini maydonga mixlab qo‘ygan bellashuvda Sariosiyo tumanidagi 68-umumta’lim maktabining 2 nafar o‘quvchisi Muhammad Abdusattorov va Azmiddin Jumanazarovga teng keladigani topilmadi. Surxon o‘g‘lonlari faxrli 1-o‘rinni egallab, kubokka munosib topildi.
Sovrindor o‘quvchilar o‘zlari tahsil oluvchi maktabda tantanali ravishda kutib olindi va munosib taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun