IQTIDORLILAR SARALANMOQDA

Date:

Adabiyot katta bir ummon. Unda ijod qilguvchi ijod ahlining ijodini o‘rganmoq, tadqiq etmoq esa katta bir mas’uliyat. Buning uchun eng avvalo ilm, qiziqish, saviya va izlanish kerak bo‘ladi. Bari jam bo‘lib tahlil etiladi-da, ilm yo‘lida nimagadir erishishga sabab, turtki bo‘ladi. Ana shunday maqsadda Termiz davlat universitetida Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida – Shukur Xolmirzayev nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni uchun hujjatlar qabul qilindi.


Mavzuga, adabiyotga qiziqqan yosh talabgorlar borki, o‘zlarini sinab ko‘rdi. Adabiyot maydoniga chiqib, o‘qib o‘rganishdi, izlanishdi. Izlanishlari mevasini esa taqdim etishdi. Universitetda ushbu stipendiyaga da’vogar bo‘lgan nomzodlarni saralash maqsadida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan esa suhbat o‘tkazilib, munosiblar saralanmoqda. So‘zi, fikrlari dadil, qalami o‘tkir izlanuvchilargina maxsus stipendiya va ko‘krak nishoniga munosib ko‘riladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun