VILOYAT BIRINCHILIGIDA…

Date:

Kurash sirlarini o‘rgangan har qanday alp yigit borki, maydonga tushishni, raqibi bilan bellashib, kurashishni istaydi. Tomiridagi qon ko‘pirib, vujudida bir jo‘shqinlik sezadi. Polvon faqat va faqat mardi-maydon bo‘lib, kurashib yashaydi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi sport maktabida ham erkin kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan viloyat birinchiligi musobaqasida qonida ana shunday jo‘shqinlik bor yosh polvonlar maydonga tushdilar. Musobaqa 2010-yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boshlandi.
Viloyatimizning shahar va tuman jamoalaridan 156 nafar o‘smir 7 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Qiziqarli kechgan bahslarda alp yigitlar g‘oliblik uchun kurashdilar. Jismoniy tayyorgarligi, erkin kurash sport turini nechog‘lik o‘zlashtirgani-yu, mahoratlarini ishga soldilar. Musobaqa so‘nggida esa g‘oliblar diplom hamda medallar bilan taqdirlandilar.

Hilol

Oldingi sahifaMehnati ila ibrat…
Keyingi sahifaTarbiya nega susaydi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun