“To‘polang” GES ishga tushsa…

Date:

Oxirgi bir necha yil ichida “To‘polang” GESda misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Bu borada esa bosqichma-bosqich amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib bordik. Ishlar yakunlanib, loyiha yakuniy bosqichda. Holat bilan tanishish maqsadida esa Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “To‘polang” GESda bo‘lib, yakuniga yetkazilgan modernizasiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Viloyat rahbariga “O‘zbekgidroenergo” AJ raisi, senator Abdug‘ani Sanginov hamrohlik qildi.


Aytish kerakki, “To‘polang” GESda elektr energiya ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida 75,4 million yevro sarflanib, rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Oxirgi sinov ishlari davom etayotgan ayni vaqtda GESda 64 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa viloyatimizning 36 mingdan ortiq xonadonni ekologik toza elektr energiya bilan ta’minlash imkoniyatini tug‘dirayotir. Ayni paytda esa ushbu elektr energiyasi quvvati tarmoqqa uzatilmoqda.


Sinov ishlari yakunlangandan so‘ng esa “To‘polang” GES to‘liq quvvatda ishga tushiriladi, natijada 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarila boshlanadi. Bu esa yillik 467 million kVt/soat elektr energiyasi iste’molchilarga uzatiladi degani. Loyihaning ishga tushirilishi nafaqat elektr energiyasining uzluksiz yetkazilishini ta’minlaydi, balki tabiiy gaz tejalishiga ham xizmat qiladi. Ya’ni, yillik 126,2 million metr/kub tabiiy gaz sarfi tejaladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun