Agar sinfni “remont” qilishga majburlashsa…

Date:

O‘quv yili tugashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bir yil davomida o‘quvchilar xizmatida bo‘lgan sinfxonalar ham ta’mirtalab ahvolga keladi. Ana shunday paytda maktab ma’muriyati “remont” uchun o‘qituvchidan pul talab qilish hollari ham afsuski kuzatiladi. Aytilgan mablag‘ni bermasangiz, kafolat xati so‘rashadi. Bu holat nechog‘lik qonuniy? Maktab ta’miri davlat byudjeti hisobidan qilinmaydimi?
Albatta, aytish kerakki, o‘qituvchilardan “remont”ga deb har qanday usulda pul yig‘ish noqonuniydir. Konstitutsiyaning 52-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida”gi nizomning IX bobida ham maktabning moliyaviy mablag‘i davlat buydjeti va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi o‘z mablag‘lari hisobiga shakllantirilishi belgilangan. Davlat umumtaʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va umumtaʼlim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonunchilikda taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qolaversa, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur qoidaning mazmunidan ko‘rinib turibdiki, maktab faqat ixtiyoriylik asosida ota-onalar va boshqa fuqarolar (o‘qituvchilar ham shular qatoriga kiradi) dan pul mablag‘lari qabul qilishga haqli. Shu bilan birga, xalq taʼlimi vaziri buyrug‘iga ko‘ra taʼlim muassasasida o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash aʼzolari, taʼlim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qatʼiyan taqiqlanadi. Yuqoridagi holat esa qonun buzulishi sanaladi va bu yuzasidan tuman yoki shahar prokuraturasiga murojaat qilish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun