Eksportyorlarga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi

Date:

Vohada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki bozor rastalarini egallaydi. Ortgani esa eksportga yo‘naltiriladi. Shu jihatdan ham viloyatimizda eksportyor korxonalarning o‘rni va ahamiyati muhim. Birgina Angor tumanida 21 ta eksportyor korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Hududda yetishtirilgan mahsulotlarni har yili xorijiy davlatlarga erta bahordan eksport qilish ishlari qizg‘in tus oladi va jarayon butun mavsum davom etadi. Bu esa eksportyorlar uchun sharoitlar yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ushbu korxonalarga yetarli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani “Bahor” mahallasida viloyatda faoliyat yurituvchi eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida eksportyorlarning faoliyatida duch kelayotgan muammolar, ularning faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida soha masʼullari va tuman mutasaddilariga bir oy muddatda “Bahor” mahallasi hududida zarur sharoitlarga ega “Eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi” tashkil etish topshirig‘i berildi. Markazda eksportyorlar uchun ovqatlanish, yuvinish, dam olish joylari tashkil etiladi va hujjatlar rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq mutasaddi tashkilotlar vakillarining markazda faoliyat yuritishini taʼminlash orqali vaqt sarfi kamaytiriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun