“Yoshlar masalasiga panja ortidan qarab bo‘lmaydi”

Date:

Surxondaryo viloyat hokimligida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi 73-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlisga viloyatimizdan saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hududlar sektor rahbarlari, OAV hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri yoshlar va ularning bandligi, aholining ijtimoiy farovonligini yaxshilashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Darhaqiqat, bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yosh avlod vakillari toifalarga ajratilgan holda, ularning har biri bilan tizimli ishlar olib borilishi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Bu borada viloyatimizda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.


Yoshlar ishlari agentligi viloyat bo‘limi rahbari Jamshid Choriyevning hisobotiga ko‘ra, viloyatda “Yoshlar daftari” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar 8 854 nafarni tashkil etadi. Shundan joriy yilning birinchi choragida yoshga turli xildagi yordamlar ko‘rsatilgan. 20 sotixdan yer berish, kredit ajratish, asbob-uskunalar xarid qilish, to‘lov kontraktini qoplab berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, maktab formasi, o‘quv qurollari bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarda qilingan ishlar shular sirasiga kiradi.
Qolaversa, vohada 25 066 nafar yosh “Qizil toifa”ga kiritilgan bo‘lib, ular orasida profilaktik nazoratda turadigan, jismoniy imkoniyati cheklangan, notinch oilada tarbiya topayotgan, tarbiyasi og‘ir yoshlar mavjud. Ularning har biri bilan alohida ishlash, ushbu toifadagi yoshlar ham jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, risoladagidek turmush kechirishi, yurtga daxldorlik hissi bilan yashashi uchun sohada tizimli ishlash talab etiladi.


Jamshid Choriyevning sessiyadagi jiddiy yondashilmagan va puxta hozirlik ko‘rilmagan, yoshlar bilan ishlashda no‘noqliklar ro‘y-rost aks etib turgan ma’ruzasi viloyat rahbarining hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining muhokamasiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, “Qizil, yashil, va sariq” toifalarga ajratilgan yoshlar bilan ishlash asosan hisobotlardagina aks etib borayotgani, xo‘jako‘rsinga qilinayotgani viloyat hokimining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Termiz shahri va Boysun tumanidagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar deputatlik nazoratiga olinib, hududlardagi ushbu masala xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan chuqur o‘rganilishi belgilandi. Shundan so‘ng, 2023-yilda yaratiladigan yangi ish o‘rinlari prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Anvar Normamatovning ma’ruzasi tinglandi. Ushbu tuman haqida gap ketganda bir narsani ta’kidlash joizki, bugungi kunda yirik investor tomonidan tumanda 20 ming gektar o‘zlashtirilmay yotgan yer maydoni o‘zlashtirilib, foydalanishga kirilmoqda. Mana shuning o‘ziyoq tumanda juda ko‘plab ish o‘rinlari yaratilishi, aholi farovon turmush kechirishida muhim omil bo‘la oladi. Tumanda barcha imkoniyatlar yetarli, faqatgina ishlarni to‘g‘ri tashkil etib, imkoniyatlardan unumli foydalana bilish kerak.


Sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar tavsiya etildi va ushbu masala ham xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatalari tomonidan tasdiqlab olindi.
Sessiya ishida 16 ta masala ko‘rib chiqildi va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi hamda har bir masalaning ijrosi nazoratga olindi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblarin ortda qoldirib…

Ayni kunlarda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda....

Yangi qo‘mita tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan...

Arab tili bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom...

66-maktabning sport zali xizmatga shay

Denov tumanidagi ushbu maktabning sport zali yangidan qurilib, foydalanishga...
KunTun
KunTun