QULUPNAYDAN ATIRGULGACHA…

Date:

Zar qadrini zargar bilganidek, yer qadrini unga mehr berib, mehnatining rohatini ko‘rgangina biladi. Shuning uchun ham ana shunday insonlar sovuqni sovuq, issiqni issiq, kechani kecha demay, yer bilan tillashadi. Ekiniga kerakli agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish uchun harakatda bo‘ladi. Ayniqsa, bunday kimsalarga yer maydonining ahamiyati yo‘q, kaftdekkina yerdan ham yaxshigina daromad olishi mumkin.

Sho‘rchi tumanidagi “Yakkabog‘” mahallasida yashovchi Baxtiyor Normurodov ham ana shunday yerga ixlosi baland insonlardan. U tomorqasidan samarali foydalanishga odatlangan. Turmush o‘rtog‘i Zulxumor Ertamatova esa unga eng yaxshi ko‘makchi. Ikkovlon tinim bilmaydi. Qachon qaramang, tomorqasida nimadir yumush bilan band bo‘ladi.
Shundanmi, 2 sotix tomorqasida qulupnay, 2 sotixiga esa pomidor ekib, mehr ila parvarish qilishayotir. Ha aytgancha, ular nafaqat sabzavot ekinlarini balki tomorqasining bo‘sh joylariga atirgul ko‘chatlarini ham qadashgan. Ularni sanab adog‘iga yeta olmagan paytingizda Baxtiyor aka atirgulning 2000 tupdan ko‘proq ko‘chati borligini qo‘shimcha qiladi. Mo‘jazgina tomorqada ekin-tikinlar gurkirab yashnab, hosil tugib yotgan manzarasi ko‘zlaringizni quvnatayotgan bir pallada dimog‘ingizga atirgullarning ajib ifori uziladi.


— Erta tongdan turib, tomorqada ishlashning zavqi bor, — deydi B.Normurodov. — Birinchidan taningiz tetiklashsa, ikkinchidan erta turib harakat qilganning barakasi ham bo‘ladi. Erta bahordan xalqimiz dasturxoniga qulupnay tortiq qilgan bo‘lsak, endi pomidorga navbat kelgan. Atirgullarimizning ham o‘z xaridori bor, yil bo‘yi qiyg‘os ochilib, bizni rizq-u nasiba bilan siylab turibdi. Mahsulotlarimizni xaridorlar ko‘ngillari yashnab, xarid qilayotgandagi quvonchini ko‘rsam, mehnatimning rohatini ko‘rgandek, bor charchoqlarim chiqib ketadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun