“Elobod”ga suv keldi

Date:

Suvsiz hayot bo‘lmasligini hattoki jonivorlar, o‘simliklar misolida ko‘rish mumkin. Yonginamizda sharqirab oqayotgan zilol suvning ba’zan qadriga yetamiz, ba’zan esa yetmay uvol ham qilaveramiz. Biroq har tomchi suvning-da qadrini, uning naqadar buyuk ne’mat ekanligini qaqroq dashtlarda, cho‘l-u biyobonlarda yashaydigan yoki yillar davomida toza ichimlik suvini olis masofadan tashib kelib ichadiganlar juda yaxshi bilishadi.
Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida yirik loyihalar amalga oshirilib, hududlarda ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar ijobiy yechim topib borayotgani ham rost. Elobodliklar ham toza ichimlik suvi muammosi bilan qiynalishayotgan edi. Mutasaddilarning sa’y-harakati, jonkuyarli natija berdi. Tez orada “Elobod”ga suv keldi.
Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov tumandagi “Elobod” mahallasida ishga tushirilgan suv inshooti bilan yaqindan tanishdi. Mazkur suv inshooti soatiga 16 kub metr suv uzatish imkoniyatiga ega. Ushbu suv inshooti 185 metr yer ostidan maxsus nasos orqali suvni tortib yer satxidan 20 metr balandlikda joylashgan 70 dan ortiq aholi xonadonlarini ichimlik va tomorqa suvi bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatiga ega. Ushbu mahalla fuqarolarining azaliy muammolaridan biri bo‘lgan ichimlik va tomorqa suvi muammolari bartaraf etilib, aholi xonadonlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun