Endi ish bilan band

Date:

Angorlik Nurbek Jo‘rayev ishsiz bo‘lgani uchun “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Oilaviy sharoiti, qiziqishlari o‘rganildi, individual suhbat olib borildi. Nihoyat munosib yechim ham topila qoldi. Nurbekka payvandlash hamda bolgarka uskunasi subsidiya asosida berildi.
Ushbu uskunalar Nurbek uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. U endi ertaga nima ish qidirsam ekan, qanday ishning boshini tutsam ekan deb emas, ertangi kunini to‘g‘ri taqsimlab, munosib xizmat ko‘rsatishni reja qilib oladi. Ish quroli bor ekan, doimo mahalladagilarning u-bu yumushlarini bajarib, doimiy daromad ko‘rishi kimni ham xursand qilmaydi deysiz.
Angor tumanining “Kayran” mahallasida 5 212 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1133 nafarini Nurbek Jo‘rayev yanglig‘ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ularning bandligini ta’minlash, munosib qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa tumanda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun