53 ta xonadon “quyosh paneli”ga o‘tdi

Date:

Energiya tejovchi texnologiyalarning qadri va nihoyatda zarur ekanligini ortda qolgan anomal sovuq ko‘pchilikka ko‘rsatib qo‘ygani rost. Qish g‘amini yozda ye deganlaridek, nafaqat qish-qirovli kunlarda, balki yil davomida o‘z xonadonimizda elektr energiyasi bo‘lishi ishimizda unum, hayotimizda farovonlik bo‘lishiga kafolatdir. Shuning uchun ham bugun joylarda muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha mutasaddilar aholi xabardorligini oshirish borasida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
Viloyatda 53 ta xonadon quyosh panelidan foydalanayotgani uchun to‘liq elektr tarmoqlaridan uzilgan. Ushbu xonadon sohiblaridan biri Jarqo‘rg‘onning “Yangi usul” mahallasida istiqomat qiluvchi To‘xtamurod Halqberdiyevdir. Mas’ullarning tushuntirishlari, muqobil energiya manbalarini o‘rnatganlik uchun hukumat tomonidan berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar sabab mazkur fuqaro ham xonadoniga quyosh paneli o‘rnatib, o‘z ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan elektr energiyani ishlab chiqarmoqda. Natijada uzzu kun xonadonda elektr energiyada uzilish degan muammoga o‘rin qolmadi.
Elektr energiya uchun to‘lanadigan xarajatlar endi quyosh paneli o‘rnatganlarni og‘rintirmaydi. Aksincha, ushbu moslama koni foyda ekanligini faqatgina uni xonadonida o‘rnatganlargina biladi.

A.Safarova

Oldingi sahifaIlk marotaba…
Keyingi sahifaEndi ish bilan band

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun