Maktablarning kadastr maʼlumotlari ham UZKAD tizimiga kiritiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 198-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab, Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — UZKAD tizimi) ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilan edi.
Kadastr xodimlari tomonidan 2023-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha Surxondaryoda 57 ming 122 ta foydalanuvchiga tegishli yer maydonlarining 1 million 178 ming 161 gektari UzKAD tizimiga kiritilib, elektron xaritasi yaratilgan edi. Joriy yilda Surxondaryodagi maktablarning kadastr maʼlumotlarini UzKAD tizimiga kiritish belgilangan.
– Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi maktablarning mavjud kadastr maʼlumotlarini mazkur tizimga kiritish ishlari boshlab yuborildi, – deydi Boshqarmaning matbuot kotibi Bexruz Safarov.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatda 1 ming 176 ta umumtaʼlim maktab hamda uning filiallari mavjud bo‘lib, UzKAD tizimida mazkur maktablarning joylashgan manzillari, yer maydoni, maktabdagi binolar soni, yer fondi toifasi, kadastr raqami va shu kabi boshqa muhim maʼlumotlar joylashtiriladi. Kadastr xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarini UzKAD tizimiga kiritilishi natijasida mazkur obyektlarning elektron bazasi yaratilmoqda.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun