Bir emas ikkita…

Date:

Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrovini oshirish muhim masala. Shaharda bog‘chalar, oilaviy bog‘cha uylarining sonini oshirish bilan muammo to‘la hal bo‘lib qolmaydi. Xolbuki, olis va chekka qishloqlarda, hududlarda umuman bog‘cha ochilmagan. Mahalliy aholi farzandlari esa bog‘cha nimaligini bilmay ulg‘ayishayotir. Maqsad esa ayni shunday hududlarga-da, bog‘cha qurish, bolalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratish. Buning uchun esa imkon va imtiyoz ham bor.


Ayni shunday muammoni bartaraf etish maqsadida Uzun tumanining Bobotog‘ massivida ham bir emas ikkita bog‘cha qurish ishlari boshlab yuborilgan edi. Qurilish, pardozlash va jihozlash ishlari yakunlanib, har ikki maktabgacha taʼlim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi.
Massivdagi “Oqmachit” mahallasidagi 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilishi mahalliy qurilish-pudrat korxonasi “Uzun Ulug‘ sher” KTXK quruvchilari tomonidan amalga oshirilgan. Inshoot qurilishiga 4 milliard 112 million so‘m, ikkinchi “Tolto‘g‘ay” mahallasidagi 150 o‘rinli maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish loyihasiga esa 4 milliard 930 million so‘m mablag‘ sarflangan.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi X.Bozorov har ikkala muassasaning ramziy kalitlarini MTT mudiralariga topshirdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun