Yangi stipendiya joriy etiladi

Date:

“Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–114-son, 07.04.2023 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Va Qarorga ko‘ra 2023–2024-yillarda “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 1,5 barobargacha oshiriladigan bo’ldi. Yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni ko‘rsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyoti ham joriy etiladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilibgina qolmay, 2024-yil 1-yanvargacha sport sohasini raqamlashtirish bo‘yicha 24 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi. Bu orqali sport sohasidagi xarajatlar tizimda shaffof va ochiq tarzda aks ettiriladi. Joylarda barpo etiladigan tegishli sport obyektlari va inshootlarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
2023-yil 1-iyuldan esa sportchi identifikatsiya kartalari uchun to‘lovlar miqdori uch barobarga kamaytirilib, ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilanadi. “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi”ning joriy etilishi esa talaba-yoshlar uchun munosib rag‘bat bo’lib xizmat qiladi. Aytish kerakki, stipendiya miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilangan. Mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga Prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi.
Ha aytgancha, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish miqdorlari ham tasdiqlangani sportda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan sportchi va trenerlar uchun katta yangilikdir. Qolaversa, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub bo‘lgan tibbiyot muassasalarida umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi ham beriladi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun