10 nafar oila uyli bo‘ldi

Date:

Uy-joy — Vatan ichra kichik bir makon. To‘g‘ri, u issiq va sovuqdan asraydigan, qo‘nim topadigan manzildir. Ammo, xalqimiz uyiga nisbatan o‘zgacha bir e’tiqod bilan qaraydi, qadrlaydi. Boshpana qilish uchun butun umr mehnat qilib yig‘inadi, yaxshi niyat ila uy soladi. Farzandlari, oilasi, ota-onasi bilan eng yaxshi damlarini o‘tkazadi. O‘lmas xotiralar ham yashaydi shu uyda.


Uysizlik, boshpanasizlik esa… kishi dushmaniga ham ravon ko‘rilmaydigan holat. Afsuski, ana shunday oilalar ham yo‘q emas. Ammo, bundan kuyinmaslik kerak. Sababi yurtimizda uy-joyi yo‘q oilalar, xususan xotin-qizlar davlat himoyasida, ularning ehtiyoji inobatga olinib, imtiyozli ravishda uy-joylar qurib berilayotgani ana shunday ko‘ngillar kemtigini to‘ldirishga xizmat qilayotir. Kuni kecha uyga ehtiyojmand 10 nafar xotin-qiz uchun uy-joylar qurib berilgani, shuncha oilani Vatanli, boshpanali qildi.
Termiz shahridagi Manguzar mahallasida qurilgan ijtimoiy uy-joylarning foydalanishga topshirilgani quvonchli hodisaga aylanib ketdi. Ushbu oilalar quvonchiga sherik bo‘lgan vohaning nuroniy otaxon va onaxonlari qo‘llarini duoga ochib, uzoq yillar shu uyda umrguzaronlik qilishlarini tilashdi.


Mezbonlar katta tantanalar ila o‘zlari yashaydigan uyning kalitlarini olib, mehmonlarni uylariga taklif etishdi. Aytish kerakki, barcha qulayliklarga ega ushbu uy-joylarning xonalari keng va yorug‘, mebellar va kerakli jihozlar bilan jihozlangan. Bir so‘z bilan aytganda, kirib yashash uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo.
Yangi xonadonlar egalariga viloyat hokimligi tomonidan maishiy texnika va boshqa sovg‘alar tuhfa qilgani to‘yga munosib to‘yona bo‘ldi deyish mumkin. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovlar ham ishtirok etib, yangi uy egalarini samimiy qutladilar.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaxshi o‘qiganga ta’lim krediti foizsiz beriladi

Shu kunga qadar faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi....

Xarajatlar “2+6” shaklida qoplanadi

Endilikda, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus...

Ko‘p bilan ko‘prik muammosi hal

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayog‘och” mahallasida ezgu an’anaga aylangan hashar tadbiri...

Qoidaga rioya etib…

Yugurayotganingizda aniq manzil va maqsadni ko‘zlaysiz. Start chizig‘ida turib,...
KunTun
KunTun