ILK SONIN O‘QIB…

Date:

Gazeta haqida bugun har kimning o‘z fikri, shaxsiy munosabati bor. Bu fikr va munosabat esa o‘sha insonning saviyasini belgilab beradi. “Sen menga do‘sting kimligini aytsang, men senga kimligingni aytib beraman” deyishganidek, bugun odamlarning kimligini ular o‘qiyotgan gazeta-jurnallar, kitoblar orqali yoki 5-10 daqiqalik suhbat asnosida bilib olish mumkin.
Yana bir gap, Qirg‘izistonda ayrim gazetalar faoliyatiga rasman chek qo‘yildi, yurtimizda ham holat havas qilarli emasligini keng jamoatchilik fikridan ham bilish qiyin emas. Bu esa bosma nashrlarning faoliyatiga, uning ortidan yuzlab ijod ahlining kasbini so‘roq ostiga qoldirib qo‘ydi. Ana shunday vaziyatda esa Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “TISU xabarnomasi” gazetasining ilk soni chiqa boshlagani gazetxonlar uchun, qolaversa, universitet talaba-yoshlari, jamoasi uchun nafaqat kutilmagan yangilik, balki bosma nashrlar haqidagi turli fikrlarga qaramay o‘ziga xos portlash bo‘ldi deyish mumkin.
Gazetaga ta’rif berishdan avval, uning bosh muharriri Feruza Rahmonqulova haqida ikki og‘iz so‘z. O‘z so‘zi, o‘z qalami va uslubiga ega o‘tkir jurnalist sifatida gazetxonlarga anchayin yaxshi tanish jurnalist mahoratli yo‘lboshchi, rahbar sifatida ham salohiyatga ega. Buni esa “TISU xabarnomasi”ni varaqlab ham amin bo‘lishingiz mumkin.
Muhimi ilk qadam dadil tashlangan. Gazetaning har bir sahifasi o‘qishli, o‘quvchini qiziqtira oladigan mavzular saralanib va chertib tanlanganini ziyrak gazetxon darrov sezadi. Qolaversa, gazeta tili ravon, dizayni esa zeriktirib qo‘ymaydi. Unda yoshlar hayoti, qiziqishlari haqida bilish bilan birga barcha sohalarga e’tibor qaratilgan. “TISU xabarnomasi” oddiy xabarnoma emas, u o‘quvchi ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirishga, mutolaaga oshno qilishga undaydi.
Mahoratli va qalami o‘tkir jurnalist Feruza Rahmonqulovaning ilk mustaqil faoliyatiga omad tilab, ilk son bilan qutlaymiz. Gazetaning har bir soni mana shunday omadli, mazmunli va yuqori saviyada chiqishiga ishonchimiz komil.

Sayyora ALLAYEVA,

Naimullo MUHIBULLOYEV

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun