Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar ham ipoteka krediti oladi

Date:

Hammaning ham davlatimiz tomonidan beriladigan imtiyoz va subsidiyalardan foydalangisi keladi. Ayniqsa, uy olish masalasiga kelganda, boshlang‘ich to‘lovingiz, oyma-oy kredit to‘lovlarini amalga oshirishga layoqatingiz bo‘ladi-yu, ammo rasman daromadga ega bo‘lmaganingiz, ipoteka krediti olishingizga to‘sqinlik qiladi. Prezidentimiz tomonidan “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining imzolanishi esa mana shunday to‘siqlarni bartaraf etdi.
Mazkur hujjat bilan ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi va endi banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda ushbu fuqarolarning to‘lov qobiliyati, ularning bank kartasidagi pul aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi.
Qolaversa, banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bu esa dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega deganidir.
Subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi berildi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun