Tadbirkorliklarga qo‘shimcha imtiyoz…

Date:

2023-yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–15-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, palata ko‘plab vakolatlarga ega bo‘ldi. Ya’ni hukumatga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan yoki uni cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish, aʼzolarining manfaatlarini ko‘zlab, Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, maʼmuriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin. Qolaversa, tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bosh vazirga kiritib borishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalash, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tadbirkorlik masalalari borasida jamoatchilik eshituvlarini tashkil qilib boradi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan biznes vakillari va boshqa shaxslarni mukofotlarga tavsiya qila oladi, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan taqdimnomalar kiritadi. Umuman olganda, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining ijrosi natijadorligi bo‘yicha tanqidiy muhokamalar o‘tkazib borish vakolatiga ham ega bo‘ldi.
Shuningdek, endilikda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar aʼzo sifatida ro‘yxatga qo‘yish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi. Bundan tashqari, palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg‘or tadbirkordan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etilishi belgilandi.
Eng asosiysi esa 2023-yil 1-fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari palata aʼzoligiga aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilinadigan bo‘ldi. Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda, buni qabul qilinayotgan normativ hujjatlarda ham ko‘rish mumkin.
Xulosa sifatida shuni takidlash joizki, palata aʼzoligiga aʼzolik badalisiz qabul qilinayotgan tadbirkorlar davlat organlari, turli tashkilot, muassasa va korxona, shuningdek, boshqa tadbirkorlar bilan yuzaga kelgan nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi, bu esa ularga buzilgan huquqlarini tez va sifatli himoya qilishi uchun yaratilgan katta imkoniyatdir.

Abduraim Qilichev,
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi devonxona mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun