“Ibratli harbiy oila” aniqlandi

Date:

Oila baxtli bo‘lishi uchun ko‘p narsa kerak emas aslida. Shunchaki o‘zaro hurmat, munosabatlarda tavoze’lik va samimiyat bo‘lsa kifoya. Ana shunday oilalarni jamiyat hayotimizda ibrat qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida “Ibratli harbiy oila”lar bellashdilar. Koʻrik-tanlovning Janubiy operativ qoʻmondonligi bosqichida 8 oila ishtirok etib, berilgan shartlardan o‘tishlariga to‘g‘ri keldi.


“Oilam mening — baxtim”, “Men uddaburon oila bekasiman”, “Farzandim — dilbandim”, “Sanʼatim – saodatim” kabi har bir shartga berilgan nomlardan kelib chiqib aytish mumkinki, sinovlar oilalarning o‘zaro munosabatlari, farzand tarbiyasiga e’tibori, iqtidor va layoqati, oila tutumi va mahoratlarini ham ochiqlab berdi. Har bir shart qiziqarli va maroqli o‘tdi. Qoʻmondonlik, harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari, oʻquvchi-yoshlar, Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazi chaqiriluvchilari, faxriylar ishtirokchi oilalar chiqishlarini tomosha qilar ekan, qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlab turdilar.


Oila muqaddas qo‘rg‘on. Ayniqsa, bu qo‘rg‘on milliy qarashlarimiz, an’ana va qadriyatlarimiz bilan uyg‘unligi yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Chiqishlarda esa ana shu jihatlar ufurib turdi. Ishtirokchi harbiy oilalar o‘z oilalarining nechog‘lik asrab-avaylashlarini, qadrlashlarini ko‘rsatib bera oldilar. Tanlovda Termiz garnizonidan ishtirok etgan kichik serjant Umidjon Karimov oilasi gʻolib boʻldi. Gʻoliblar diplom, pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun