Muammolar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarga tashrifi, albatta, samarasiz ketmaydi. Sohalar, tizimlar bir-bir ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar, muammolar ochiqlanadi. Yutuqlar e’tirof etiladi. To‘g‘ri, erishganlarimiz o‘zimizniki. Ammo, bu bilan to‘xtab qolmaslik, aholi turmush tarzini yaxshilash, hayotini farovonlashtirish uchun yangidan-yangi loyihalar, g‘oyalar ustida bosh qotirib, ularni ro‘yobga chiqarish lozim. Shubhasizki, hokim e’tibori tushgan soha qisqa fursatlarda isloh etilib, ko‘zlangan maqsadga erishilayotir. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi.

Surxondaryo viloyat hokimi U.Qosimovning hududlarga tashrifi Uzun tumaniga ulandi. Turgan gapki, uzunliklar asosan chorvachilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirib, daromad ko‘radi. “Ish bor joyda kamchilik, muammo bo‘ladi” deganlaridek, chorvachilikni rivojlanishida to‘siq bo‘ladigan muammolar ham yo‘q emas. Uzun tumani hokimligida tashkil etilgan muloqotda ayni sohada mavjud muammolar muhokama qilindi.

Muloqot davomida chorvadorlarga quloq tutilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar esa hududlar rahbarlari va soha masʼullari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Yaylovlarni qayta xatlovdan o‘tkazib, chorvadorlarga ajratiladigan maydonlarni ularning mollari jon boshidan kelib chiqqan holda taqsimlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun