O‘QUVChI MAKTABDA TELEFON ISHLATSA…

Date:

Bugun 7 yoshdan 70 yoshgacha barchaning qo‘lida telefon. Texnika asrida boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas aslida. Ammo, kattalar-ku mayli, kichiklar, ya’ni farzandlarimiz qo‘liga telefon tutqaza turib, uni ishlatish madaniyatini ham o‘rgatib yoki uqtiramizmikan? Agar shunday bo‘lsa, nega endi hali-hamon maktablarda o‘quvchilarning telefon bilan bog‘liq mashmashalarga guvoh bo‘laveramiz.
Xolbuki, maktab yoshidagi o‘g‘il-qizlarimiz eng avvalo munosib xulq-atvorda bo‘lib, faqat va faqat o‘qib-o‘rganishgagina boshlarini qotirishlari kerak emasmi? Ortiqcha jihatlar esa ularni chalg‘itib, ta’limdan uzoqlashtirib yubormasmikan? Ular dars jarayonida telefon titkilab o‘tirib, nafaqat o‘zlari, balki o‘qituvchi va tengdoshlarini-da, e’tiborini tortishi aniq. Telefondan foydalanish madaniyati shakllanganida va maktabdagi tartib-qoidalarga rioya etilgandagina mana shunday savollarga hojat qolmaydi.
Xolbuki, ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart. Qolaversa, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin o‘quvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).
Bordi-yu, o‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yadi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Va bu bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng, telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi. Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun