Dehli konferensiyasida munosib ishtirok etdi…

Date:

Inson dunyoga keldimi, shunchaki yashab o‘tmasligi kerak. O‘zini o‘z tug‘ilib o‘sgan vataniga, jamiyatga daxldor his etishi, ana shu his bilan oldinga intilmog‘i lozim. Yoshlarning turli sohalardagi muvaffaqiyatlarini ko‘rib, kuzatganda ana shunday xayolga keladi kishi. Ha, kimdir sportda, kimdir ijod-u san’atda mahoratli. Ilm yo‘lining ham o‘z mashaqqati bor. Ammo, bu yo‘lda o‘zini sinab ko‘rishdan tap tortmaydigan yoshlarning borligi quvonarli hol.
Muzrabotlik Javohir Ko‘chimov ham aynan ilm yo‘lidan ketib, uning mashaqqatlaridan kuch oladigan yoshlardan. Javohir o‘qib o‘rganishdan, izlanishdan to‘xtamaydi. Oliygohda tarix yo‘nalishida tahsil olayotgani uchun izlanishlari tarixiy mavzulardagi ko‘plab ilmiy maqolalarga mavzu bo‘lgan.
Hindistonda o‘tkazilgan Dehli konferensiyasi esa Javohir kabi ilmiy yo‘nalishda ish olib boruvchi yoshlar uchun katta sinov maydoni bo‘ldi. Ushbu konferensiyada Javohir ham munosib ishtirok etib, uning “Ilk temir davri xususiyati va arxeologiyasi” nomli ilmiy maqolasi chop etildi.
Hozirda esa tinib-tinchimas yosh olim Muzrabot tumanidagi etnik jarayon to‘g‘risida ilmiy maqola yozmoqda.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun