Hosildorlikni oshirish yo‘lida

Date:

Surxondaryo viloyati paxtakorlari, fermer va dehqonlarining paxtachilikda o‘z tajriba maktabi bor. Bu tajriba yillar davomida to‘plangan bo‘lib, vohaning iqlimi, tuprog‘i va boshqa shu kabi jihatlari inobatga olingan holda sinovdan o‘tgani bilan ahamiyatli. Ammo, sohada yanada mo‘l hosil olish, ko‘zlangan maqsadga yetishish uchun ilmiy izlanishlardan to‘xtab qolingani yo‘q.

Ana shu boy tajribani, amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirish esa har doim ham muhim. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi tomonidan Sherobod tumanidagi paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi kotibi Shuxrat Otajonov va kengash a’zolari tomonidan tumandagi “Surxondaryo agro xizmat” paxta-to‘qimachilik klasterida Termiz davlat universiteti, Termiz muhandislik-texnologiya instituti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tashkil etilgan “Aql markazi” a’zolari hamda klaster agronomlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif davomida mazkur paxta-to‘qimachilik klasterda tashkil etilgan “Aql markazi” shtabida mutaxassis-olimlarning faoliyati oʻrganildi hamda paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni keng joriy qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar tinglanib, klaster mutasaddilari bilan bu boradagi ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun