Tajribasi ommalashsa…

Date:

Bahor Surxondaryoda respublikamizning boshqa hududlaridan ko‘ra ertaroq keladi. Fevral oyining boshlaridanoq avval bodom, so‘ng o‘rik gullaydi. Mazasi og‘izda qoladigan, boldek asal o‘riklarimizga ham erta rang kirib, voha ahli o‘rik bilan siylanadi. Dovuchchasi, g‘arq pishgan mevasi-yu quritilgani ham organizm uchun kon-u foyda bo‘lgan, tanaga darmon, yurakka quvvat bo‘lguvchi bu mevani xush ko‘rmasdan bo‘larmikan?

Eng avvalo, bozor rastalariga Termiz tumanining “Soliobod”, “Sabzipoya” va “Guliston” mahallalari aholisi tomonidan yetishtiriladigan ertapishar o‘riklar joy olishini mahalliy aholi yaxshi biladi. Sababi ushbu mahalla ahli o‘rik daraxti parvarishining, shira tushirmasdan, yuqori hosildorlikka erishishning yo‘l-yo‘riq va sir-sinoatini yaxshi biladilar-da. Ular o‘riklarini nafaqat mahalliy bozorga, balki yurtimizning boshqa viloyatlariga, qo‘shni davlatlarga ham sotib, mo‘maygina daromad ko‘radilar.

Sabzipoya o‘riklari ta’rifini eshitgan Surxondaryo viloyat hokimi ushbu mahallada bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi va ko‘plab masalalar qatorida mahallaning o‘rik yetishtirish tajribasini ommalashtirish lozimligini ta’kidladi. Viloyat rahbarining tavsiyasi va topshirig‘I bilan qisqa muddatlarda “Sabzipoya” mahallasi xonadonlaridagi tomorqalarda 3 million dona ko‘chat yetishtirilib, 5 ming gektardan ortiq maydonda o‘rik bog‘lari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun