Firibgarlar ushlandi

Date:

Yo‘llarda uchrayotgan avtohalokatlarning guvohi bo‘lsangiz, vahimaga tushasiz. Uvol ketgan jonlarga achinib, aybdorni qidirasiz. Yo‘l qoidasiga amal qilmagan haydovchimikan yoki yo‘lovchi? Nima bo‘lganda ham birgina ehtiyotsizlikning oqibati kimlarnidir uyiga motam ochishga sabab bo‘lgani ayanchli. Shu o‘rinda bunday yo‘l transport hodisalari ehtiyotsizlik sabab sodir bo‘larmikan yoki biz bilmagan jihatlari ham bormikan deya o‘ylab qolasan kishi.
Fuqaro R.X.ga o‘xshash kimsalar ko‘paysa, ularning nafsi sabab bunday halokatlar soni ortaverishi mumkinligi aniq. Negaki, u IIBda ishlovchi tanishi yordamida har bir kishi uchun 350 AQSh dollari evaziga imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi mumkinligini aytib D.N.dan shuncha miqdordagi mablag‘ni olayotganda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Negadir, o‘z nafsini halol mehnat bilan emas, xarom luqma bilan qondirish yo‘liga o‘tganlar afsuski yo‘q emas. Mana shunday holat Qumqo‘rg‘on tumanida ham sodir bo‘lib, Departamentning DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. fuqaro Sh.X.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlardan ijobiy baho olib berish evaziga 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lgan tushdi.
Yaxshiyam qo‘lga tushishdi, aks holda uquvsiz, yo‘l qoidalarini bilmaydigan haydovchilar soni yana bittaga emas, bir nechtaga ortgan bo‘larmidi…

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun