“Ma’naviy immunitet” hosil qilish kerak!

Date:

Dunyo bo‘yicha statistik ma’lumotlarga qaraganda bir yilda 1 million 300 mingdan ortiq inson diniy ekstremizm jabrdiydasiga aylanar ekan. Ushbu ma’lumotlarning katta qismi yoshlar bilan bog‘liq holatni qayd etgani kishini o‘yga toldirishi turgan gap.
Endigina o‘sib kelayotgan, g‘o‘r norasidani o‘zining domiga ilintirish payida qarmoq tashlab, uni turli xil yot g‘oyalar ortidan ergashtirishga urinish holatlari har qachon og‘riqli masala bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham yoshlarni yot g‘oyalardan asrash kerak. Bunda esa bevosita har birimiz mas’ul bo‘lishimiz muhim.

Ayniqsa, mas’ullar tomonidan olib boriladigan targ‘ibot-tashviqotning roli katta. Yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, turli xil oqimlarga kirib ketmasligi uchun ham avvalo, yoshlar ongida “ma’naviy immunitet” hosil qilish ahamiyatlidir.
Viloyatimizda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi hamda mahalliy diniy-ma’rifiy soha xodimlari tomonidan jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, turli ma’naviy tahdidlar va ekstremizm g‘oyalaridan asrashni maqsad qilgan davra suhbatlari, ochiq muloqotlar Termiz shahridagi “San’at saroyi”, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, qator oliy ta’lim muassasalari, shuningdek umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Turizm ko‘chasi” qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini...

Mehnat qadrlansa, yurak quvnaydi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida tashkil etilgan tadbirda 11 nafar...

“Kashta tikdim, ipaklari tillodan”

O‘zbek xalqining bebaho madaniy merosi — kashtachilik san’atini targ‘ib...

Raqobat kuchli, ishtirok muvaffaqiyatli

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchisi Shamshodbek Qurbonov xalqaro...
KunTun
KunTun