“Surxon fruts”da o‘quv seminar tashkil etildi

Date:

Ona zaminimiz tuprog‘i unumdor. Paxta va g‘alla yetishtirishda mo‘l hosildorlikka erishayotganimiz fikrimiz isboti bo‘lsa, meva-sabzavot deymizmi, poliz ekinlarimi, xullas kutganimizdan-da ziyoda hosil berishi bilan ahamiyatli. Yer bilan tillashadigan, dehqonchilikning hadisini olgan, tinib-tinchimas dehqonlarimiz tropik mevalarni-da yetishtirib ko‘rib, bu borada ham muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ko‘rsatib qo‘yishdi.
Qolaversa, bog‘dorchilik, dehqonchilik bilan mashg‘ul fermer va dehqonlarimiz yer qadrini yaxshi bilishadi. Shundanmi, uning bir qarichini-da isrof qilmasdan, unumli foydalanishadi. Aslida bu ham ishbilarmonlik, tadbirlilik deyish mumkin.

Bandixon tumani “Yo‘lchi yulduz” hududidagi “Surxon fruts” fermer xo‘jaligi dalasiga yo‘lingiz tushsa, ushbu dala chetlariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish maqsadida mevali va manzarali ko‘chatlar ekilganiga guvoh bo‘lasiz. Qolaversa, dala boshida asalari uyalari ham joylashtirilganki, mehnatkash asalarilari shu yerning o‘zida oziqlanib, sifatli asal bermoqda. Qolaversa, meva va sabzavotlarning gullarini changlatish natijasida hosildorlikka ham hissa qo‘shayotir. Bu bilan kifoyalanmay, tovuq kataklari o‘rnatib, parrandachilikni ham yo‘lga qo‘yish mumkin.
Bandixon tumani hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida sektor rahbarlari, masʼul tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida ushbu fermer xo‘jaligi dalasida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda fermer va dehqonlarga ayni jihatlarni inobatga olib, dala sharoitida tovuqchilik va asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun