Chiqindi tashlamang!

Date:

Ekologik madaniyat yoshlikdan shakllansagina, vaqti kelib, ekologik muammolar ustida bosh qotirib o‘tirmasdik. Ozon qavatining yemirilishi, Orol dengizining qurib, tuz to‘fonlari ko‘tarilib, katta-katta yer maydonlarining sho‘rlanib ketishida inson omilining ta’siri katta. Aslida ana shunday muammolar e’tiborsizlarcha duch kelgan joyga iste’molimizdan chiqqan chiqindini uloqtirishimizdan boshlanadi. Kichik e’tiborsizlik, katta muammolarga debocha bo‘ladi.

Hechdan ko‘ra kech deganlaridek, yoshlar, umuman xalq orasida ekologik madaniyatni shakllantirsakkina, insoniyat bosh qotirishi lozim bo‘lgan muammolarning oldini olgan bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi, oliy taʼlim muassasalaridagi volontyorlar markazlari hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorlikda “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Plogging” aksiyasi ana shunday maqsadga xizmat qildi. Bir guruh ko‘ngilli yoshlar aksiya doirasida tashkil etilgan marafonda chiqindilarni yig‘dilar, atrof-muhit tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Birdamlikda, birgalikda tashkil etilgan marafon maroqli o‘tdi. Marafonda faol ishtirok etgan yoshlar esa yakunda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yoshlarning mana shunday tashabbuslari atrofdagilarga atrof-muhitni, ekologiyani asrash lozimligini uqtiradi. Chiqindi tashlamaslikka chaqiradi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun