Niderlandiya bilan hamkorlikda…

Date:

Issiqxona qurib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish vohada ommalashgan va aholining asosiy daromad manbaiga aylangan soha deyish mumkin. Issiqxona qurib, kerakli issiqlikni ta’minlab, ekin-tikin ekilsa, qarovini vaqtida qilsa, mo‘l hosil olish aniq. Viloyatimizning qaysi hududiga bormaylik, katta-katta yer maydonlaridan tortib, xonadonlardagi kaftdekkina tomorqalarda ham issiqxonalar qurilgan va yil o‘n ikki oy ishlar qizg‘in tarzda ketayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Angor tumanidagi “Yangi turmush” mahallasida ham “Angor Surxon G‘ururi” MCHJ tomonidan 55 gektar maydonda issiqxona qurilayotgan bo‘lsa, shuncha yer maydonining 40 gektariga Niderlandiyaning GA Horticulture muhandislik korxonasi bilan hamkorlikda zamonaviy diffuziyali oynali issiqxona tashkil etilayotir. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, ushbu loyiha bilan tanishdi.
Aytish kerakki, loyiha doirasida 85 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Loyiha to‘liq ishga tushishi bilan 600 ta doimiy, 400 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi. Bu esa nafaqat angorlik ishsizlarni ish bilan band qilish, balki qo‘shni tumanlardan ham ishchi kuchi jalb qilishga imkoniyat yaratadi deganidir.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun