O‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda

Date:

Maktabda o‘rta ta’limni olgan o‘quvchilar mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun biror kasb-hunar kollejiga o‘qishlari yoki oliy ta’limda o‘qishni davom ettirishlari lozim bo‘lardi. Endi esa ortiqcha vaqt o‘tkazishga hojat qolmadi. Tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar bitiruvchi o‘g‘il-qizlarning hayotida ham tub burilish yasamoqda.
Maktablarda til va kasb-hunar o‘rganishga e’tibor qaratilayotgani yuqoridagi muammolarga yechim bo‘lib xizmat qilayotir. Boshqa ta’lim muassasalari qatori Sariosiyo tumanidagi 12-maktabda ham o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish va xorijiy tillar bilan bir qatorda axborot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlar yaratuvchanlikka, mehnatga o‘rgatilayotgani bir hunar egasi bo‘lishiga sabab bo‘lsa, boshqa tomondan kelajak taqdirida tub burilish yasaydi. Katta hayotga, oilaga nisbatan mas’uliyatni oshiradi. Maktabda yigit-qizlar o‘quv fanlari orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga gulchilik, bog‘dorchilik, issiqxona tashkil etish sir-sinoatini tajribaga ega mutaxassislardan o‘rganishayotir. Qolaversa, qizlarning tikish-bichish sirlarini o‘rganayotgani, qandolatchilikda o‘zlarini sinab ko‘rayotgani ham kelgusida mohir chevar, qo‘li gul pazanda bo‘lib yetishishlarida ilk katta qadamdir.
Kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlarning quvonchi cheksiz. Ular allaqachon kelgusida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishni reja qilishgan bo‘lsa, ba’zilari allaqachon uyida tomorqa ishlariga qarashib, tikish-bichish, shirinliklar pishirish orqali oila byudjetiga o‘z hissasini qo‘shayotir. Mana shunday natijani ko‘rib aytish mumkinki, ta’lim tizimida bitiruvchi yoshlarni qiziqish va layoqatidan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirilishi jamiyatga naf bera boshlaganidan darak beradi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun