Hokim quruqqo‘l bilan kelmadi

Date:

Har qanday tashabbus, tadbir va loyihalar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin, ammo kitob targ‘iboti har doim muhim va dolzarb. Kitobxonlik dunyoqarashni kengaytiradi, ma’naviyatni yuksaltiradi. Qaysi yosh doirasida bo‘lishdan qat’iy nazar mutolaani kanda qilmaslik kerak. O‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari orqali bitta bo‘lsa-da, yoshning kitobga mehri uyg‘ota olindimi, katta ishni amalga oshirgan bo‘lamiz.
Bugun bog‘chadan, maktab-u oliy ta’lim muassasalarigacha, tashkilot va idoralargacha badiiy adabiyotlarni o‘qishga qiziqtirish maqsadida e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Oddiygina misol, kimdir sizga bir kitob sovg‘a qilsa, uni bir varaqlab ko‘rasiz. Bir-ikki varag‘ini o‘qiysiz ham. Voqealar rivoji, qahramonlar taqdiriga qiziqib, o‘qishga tutinasiz. Kitobxonlik ana shunday boshlanadi. Bu odat tusiga kirsa, nur ustiga nur. “Kitob sovg‘a qil va maʼnaviyat ulash” aksiyasi esa yoshlarda shu tariqa kitobxonlikni tag‘ib qilmoqda. Termiz tumanidagi 12-sonli IDUMda ham ayni aksiya doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Aksiyada o‘quvchi-yoshlar, ustoz va murabbiylar, hatto ota-onalar ham faol ishtirok etdi. Barchaning qo‘lida kitob, kimgadir sovg‘a qilishga tutingan. Aksiya daragini eshitgan tuman hokimi Shuhrat Nazarovning tashrifi esa kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Hokim quruqqo‘l bilan kelmadi. Aksiyada munosib ishtirok etish uchun maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari sovg‘a qildi.
Kitob o‘qish targ‘ibotining bu galgisi sabab kitobxonlar soni ortsa, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini faqat kutubxonaga o‘tkazishsa, ajab emas.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun