Kutilmagan uchrashuv

Date:

Chempionlar ham, ijodda-yu ilm-fanda muvaffaqiyatga erishgan, biz havaslanadiganlar ham aslida siz-u biz kabi oddiy inson. Shunchaki, iste’dod, mahoratlarini mehnat-u mashaqqat bilan sayqallagan, o‘z ustida ishlagan insonlar. Ularning muvaffaqiyatlari esa bizga yaxshigina motivatsiya bo‘la oladi. Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil etilgan uchrashuv o‘quvchi-yoshlar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. “Kim kelarkin” deya eshik poylab turishgan bir paytda maktabga jahon chempioni Bahodir Jalolov kirib keldi.

Yoshlarni har qanday davralar, uzundan-uzoq ma’ruzalar zeriktirib, xayollarini olib qochishi aniq. Ammo, bu galgi uchrashuv qiziqarli va jonli bo‘ldi. O‘quvchilar chempionni jon quloqlari bilan tingladilar. O‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, Bahodir Jalolovning javobini olishdi.
Mashurlik pillapoyasining cho‘qqisida turgan sportchining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari, albatta, yoshlar uchun qiziq. Ayniqsa, chempionning boshidan o‘tkazgan voqealar, yashash tarzi, sport bilan shug‘ullanish tartibini tinglash…
Avvaliga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanib, vaqt o‘tishi bilan boksga bo‘lgan qiziqish ustunlik qilgan Bahodirning sport olamidagi muvaffaqiyatli qadami haqiqatan ham yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatishga arziydi. Ajab emas, qisqa muddatlarda ushbu maktabdan ham yosh, umidli sportchilar yetishib chiqsa-da, O‘zbekiston nomini dunyoga tanitsa…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun