Taqdimot qiziqish uyg‘otdi

Date:

Aholiga qulaylik yaratish, yengilliklar berish maqsadida bor imkoniyatlar ishga solinayotir. Termiz tumanida faoliyat yurituvchi “Gold agro fresh” MChJning issiqxonalar tarmog‘i hududida “Uzeltexsanoat” uyushmasi va tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ana shunday maqsadni ko‘zladi. Tadbirda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, noanʼanaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish targ‘iboti va “Texnopark” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan turli hajmdagi ko‘chma muzlatkichlarning taqdimoti o‘tkazildi.

Albatta, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tabiat musaffoligi taʼminlash va energiya resurslari hamda xarajatlarni tejovchi quyosh panellari o‘rnatish masalalarida yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar ham e’tibordagi masala. Taqdimot davomida sotib oluvchilarning xohishlariga qarab, ushbu muzlatkichlarga quyosh panellarini o‘rnatib berish orqali chekka hududlardagi fermer va dehqonlar bemalol ushbu zamonaviy mahsulotni uzluksiz ishlatishlari mumkinligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan turli hajmdagi ko‘chma muzlatkichlarga mahalliy servis markazlari tomonidan tezkor xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, sotib olishda davlat tomonidan 50 foizgacha subsidiyalar ajratiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun