Quruq qo‘l bilan qaytishmadi…

Date:

“Universiada” sport musobaqalari talaba-yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, sport turlari bo‘yicha o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etishga imkoniyat yaratadi. Har yili muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan ushbu sport musobaqalarida esa munosiblar saralanib, taqdirlanib kelinadi. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi.
Buxoro “Humo” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqasining sportning kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bilagida kuchi, yuragida o‘ti bor alplar maydonga tushib kurashdilar. Aytish kerakki, kurash qiziqarli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Dostonlarda kuylanganidek, polvonlar ikki kun kurashdilar, or uchun talashdilar.
Albatta, mezbon polvonlarining qo‘li baland kelib, birinchilikni qo‘ldan boy berishmagan bo‘lishsa, toshkentlik polvon-talabalar ikkinchilikka da’vogar bo‘lishdi. Surxondaryolik polvon-talabalar ham quruq qo‘l bilan qaytishmadi, har qalay uchinchi o‘rin bilan yuzlarini yorug‘ qilishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun