Avtokarvon yo‘lga chiqdi

Date:

Umr tezlikdan muhimdir. Shunday ekan, mashinasiga o‘tirgan borki, avvalo o‘zi va oilasi, o‘zgalarning-da shirin joni uchun mas’ullikni unutmasligi lozim. Ba’zan arzimagan sabablar bilan asabiylashish, shoshish ortga qaytarib bo‘lmas oqibatlarga sabab bo‘ladi. Attang deyishdan esa hech qanday naf bo‘lmaydi…
Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi, tuman Milliy gvardiya bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tumandagi mavjud avtomaktablar bilan hamkorlikda “Xavfsiz hayot uchun” targ‘ibot avtokarvoni yo‘lga chiqdi. Maqsad esa inson xavfsizligini saqlash, yo‘llarda harakatlanishda sergaklikni yo‘qotmasliklarini ta’minlashdir.

Shu sababdan ham targ‘ibot avtokarvoni transport vositalari saqlash jarima maydonchasidan boshlanib, tumanning Mustaqillik ko‘chasi bo‘ylab, markaziy dehqon bozori va “G‘ambur”, “G‘urjak-1” mahallasidan o‘tuvchi To‘ra Xo‘jamurodov ko‘chasi hamda Xalqaro ahamiyatdagi M-39 – “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘li, Yoshlar markazi binosi Ahmad Yassaviy, B.Nozim, Surxon ko‘chalari shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi binosi bo‘ylab harakat olib borildi.
Avtokarvon har bir manzilda aholi bilan kerakli tushuntirish ishlarini, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirdi. Ommani xavfsiz hayotga chorlovchi shiorlar, fikrlar bitilgan brashura va tarqatma materiallar ham tarqatildi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun