Jarimalar uchun 50 foiz chegirma qoʻllaniladimi?

Date:

Amakim avtomobilga o‘tirayotib, har safar “jarimaga tushmayin-da” deb bir xo‘rsinib qo‘yadi. Suhbat asnosida bilib olamanki, avtomobil boshqarayotib, bir necha marotaba yo tezlikni oshirgani uchun yoki bo‘lmasa, yo‘lda belgilangan qonun-qoidaga amal qilmasdan harakatlangani uchun jarima qo‘llanilaverganidan topgan pulida baraka ham bo‘lmay qolgan ekan…
Biroq endilikda jarimalar borasida fuqarolarga anchayin qulayliklar tug‘ilmoqda. Avvaliga jarima berilgan fuqaroga bir oy muddatda jarima pulini to‘lasa, belgilangan jarimaning 70 foizi davlatga undirilar edi. Endilikda ana shu 70 foiz yengillik 50 foizgacha kamaytirildi.
Prezidentimizning 2023-yil 23-martdagi qaroriga qaroriga asosan, ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi. Unga koʻra, 2023-yil 1-maydan:
Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi. Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-sentabrdan:
sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi. Bu boʻyicha ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

A. Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun